Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalari kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tadi

Oliy va o‘rta maxsus tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarida kredit-modul o‘qitish tizimiga asoslangan o‘quv jarayoni tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli qaror loyihasida qayd etilgan.
Hujjatga asosan endilikda mazkur muassasada ta’lim oluvchi belgilangan tartibda ta’lim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimi vositasida va ta’lim muassasasi binolarining elektron e’lon taxtalarida joylashtirilgan e’lonlardan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga majbur.• Ta’lim oluvchining ijtimoiy xususiyatlarini baholash ularning mas’uliyati va tashkiliyligini oshirish, zarur bilimlarni chuqur va har tomonlama o‘zlashtirishga turtki berish, shuningdek, tizimli ish ko‘nikmalari va kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan o‘quv jarayonining ajralmas qismi sifatida qaraladi.
• Ta’lim oluvchilarning shaxsiy ijtimoiy hususiyatlarini baholash pedagog tomonidan semestrda bir marta amalga oshiriladi.
Kreditlar to‘plami va ta’lim oluvchilarni o‘qitishning individual yo‘nalishlarini tashkil qilish:
• o‘rta maxsus professional ta’lim diplomini olish uchun ta’lim oluvchi yo‘nalishiga va o‘qish muddatiga muvofiq kamida 180 gacha kredit to‘plashi kerak;
• bakalavr diplomini olish uchun bakalavriat talabasi ta’lim yo‘nalishiga va o‘qish muddatiga muvofiq kamida 180 dan 360 gacha kredit to‘plashi kerak;
• magistr diplomini olish uchun magistratura mutaxassisligi va o‘qish muddatiga muvofiq kamida 144 dan kam bo‘lmagan kredit to‘plashi kerak;
• klinik ordinator (rezident) sertifikatini olish uchun mutaxassisligi va o‘qish muddatiga muvofiq kamida 72 dan kam bo‘lmagan kredit to‘plashi kerak;
• birlamchi maqsadli ihtisoslashtirish sertifikatini olish uchun 72 dan kam bo‘lmagan kredit to‘plashi kerak.
Kreditlar soni ta’lim oluvchilarning umumiy yuklamasi, jumladan o‘quv yuklamalari (ma’ruzalar, seminarlar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, o‘quv yoki o‘quv klinik amaliyot, magistrlik dissertatsiya va boshqalar), mustaqil ishlar, bilimlarni sinovdan o‘tkazishning barcha turlari, amaliyot va bitiruvchilarning davlat imtihonlarini dastlabki akkreditatsiya bilan o‘tkazish (yakuniy davlat attestatsiyasi)ning barcha turlarini qamrab oladi.


Izoh qoshish

Your email address will not be published. Required fields are marked *


Statistika

  • 0
  • 9
  • 14,807

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29      
       

САLL-CENTER

  • (73) 542 17 32